Jizzaxda “zamhokim” pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 avgust 11214 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar olganida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u o‘zining mansab mavqeidan foydalanib, joriy yilning iyun oyida qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan MCHJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming dollar talab qilgan. Mansabdor shundan hozir 20 ming AQSH dollarini berishini, qolgan 10 ming dollarni esa hosil yig‘imidan so‘ng berishi kerakligini aytgan.
Hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 20 ming dollarni o‘zining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi