Jizzaxda sudya yordamchisi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
28 Sentabr 6344 1 daqiqa
Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kirgan. Uni turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishga yordam berish evaziga 300 dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u o‘zining xizmat xonasida so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Termiz tuman sudining sudya yordamchisi 800 dollar pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi