Jizzaxda haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab, sudrab yurdi (video)
Olam
−
10:05 8525 1 daqiqa
Jizzaxda haydovchi yuk mashinasining orqasiga eshakni bog‘lab olgan holda uni sudrab yurgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea joriy yilning yilning 14 mart kuni soat 11:30 atrofida Zafarobod tumanida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi hayvonni yuk mashinasiga bog‘lab, 150 metrdan ortiq masofaga sudrab borgan.
Huquqbuzar huquq-tartibot idoralari xodimlariga yuk mashinasining texnik nosozligi tufayli eshakni bog‘lab, harakatni davom ettirishga majbur bo‘lganini aytgan.
Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yuk mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda qo‘shnisiga tegishli eshakning qulog‘ini kesgan shaxs 15 sutkaga qamalgan edi.
Live
Barchasi