Jamoat joyida ortiqcha shovqin qilganlarga choralar kuchaytiriladi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar aniq belgilanmoqda. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilingan “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Unda aytilishicha, sanoat korxonalari soni oshishi, keng ko‘lamli qurilishlar, shaharlarning kengayib borishi, transport vositalarining ko‘payishi kabi omillar tufayli aholining maishiy hayotida shovqinning salbiy ta’siri ortib bormoqda. Amalda esa aholi salomatligi va osoyishtaligiga, normal dam olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.

Senatga ko‘ra, shovqin bo‘yicha 7 ta sanitariya norma va qoidasi amal qilsa-da, qonunchilikda qat’iy talablar belgilanmagani sababli ularga to‘liq rioya etilmayapti. Shuningdek, me’yordan yuqori shovqin chiqarayotgan ob’ektlarni javobgarlikka tortish tartibi ham aniq belgilanmagan.

Majlisda qayd etilishicha, ushbu yangi qonun bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar aniq belgilanmoqda.

Shuningdek, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i, shovqinning zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lovlariga oid normalar nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, xujjatda jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish borasidagi huquqlari va majburiyatlari ham belgilanmoqda. So‘zga chiqqanlar qonunning qabul qilinishi aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish munosabatlarini tartibga solishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirishning qonuniy tartiblari belgilani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing