Jaloliddin Masharipov Gretsiya klubiga ko‘chib o‘tdi 

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Gretsiyaning “Panserraikos” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, 30 yoshli hujumkor futbolchi Gretsiya klubi bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. “Panserraikos” joriy mavsum Gretsiya chempionatida ortda qolgan 6 turdan so‘ng 6 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Klub 1964 yilda tashkil etilgan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi o‘zbekistonlik 29 yoshli futbolchi Jaloliddin Masharipov bilan shartnomani bekor qilgan edi. U o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Riyod klubi safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masharipov “Paxtakor” klubi tarkibida mashg‘ulot olib borayotgani xabar qilingandi. Erkin agentga aylangan futbolchi sport formasini ushlab turish maqsadida jamoa murabbiyi Maksim Shatskix bilan kelishgan holda umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Jaloliddin Masharipov Panserraikos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing