Jahon chempionati guruh bosqichida 999 nafar futbolchi maydonga tushdi
Sport
−
29 iyun 880 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida ishtirok etgan 48 ta milliy terma jamoa safida jami 999 nafar futbolchi maydonga tushdi. Bu hafda FIFA xabar berdi.
Ushbu 999 nafar futbolchi turnirning guruh bosqichida o‘tkazilgan 72 ta uchrashuvda ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida esa 26 nafar futbolchidan Umarbek Eshmurodov, Botirali Ergashev va Avazbek O‘lmasaliyev umuman maydonga tushmadi.
Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, quyidagi 32 ta jamoa 1/16 finalga yo‘l oldi: Germaniya, Paragvay, Fransiya, Shvetsiya, Janubiy Afrika, Kanada, Niderlandiya, Marokash, Portugaliya, Xorvatiya, Ispaniya, Avstriya, AQSH, Bosniya va Gersegovina, Senegal, Braziliya, Yaponiya, Kot-d’Ivuar, Norvegiya, Meksika, Ekvador, Angliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Argentina, Kabo-Verde, Avstraliya, Misr, Shveysariya, Jazoir, Kolumbiya, Gana va Belgiya.
Pley-off bosqichiga 32 ta jamoa yo‘l oldi. 1/16 final uchrashuvlari 28 iyundan 3 iyulga qadar, 1/8 final bahslari 4 iyuldan 7 iyulgacha, chorak final o‘yinlari 9 iyuldan 11 iyulgacha, yarim final uchrashuvlari esa 14 va 15 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Final bahsi joriy yilning 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, mundialning dastlabki 1/16 final bosqichi uchrashuvida Kanada terma jamoasi Janubiy Afrikani mag‘lub etib, nimchorak finalga chiqdi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust