Kanada qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba qozonib, nimchorak finalga chiqdi
Sport
−
02:05 1355 1 daqiqa
Kanada terma jamoasi Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Janubiy Afrikani 1:0 hisobida mag‘lub etib, nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuv taqdirini qo‘shimcha vaqtning ikkinchi daqiqasida Stiven Eushtakiu kiritgan gol hal qildi.
Kanada terma jamoasi sardori Alfonso Deyvis ushbu turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. “Bavariya” himoyachisi jarohati sabab guruh bosqichi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi. U Janubiy Afrikaga qarshi bahsning 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Guruh bosqichida Kanada “B” guruhida ikkinchi, Janubiy Afrika esa “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Har ikki jamoa o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqqandi.
Endi Kanada 1/8 finalda bugun, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Niderlandiya – Marokash uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Bu bosqichdagi bahs joriy yilning 4 iyul kuni Xyuston shahrida o‘tkaziladi.
Shuningdek, Janubiy Afrika bosh murabbiyi, 74 yoshli belgiyalik Ugo Broos Jahon chempionati pley-off bahsida jamoani boshqargan eng keksa murabbiy sifatida tarixga kirdi. Bu boradagi avvalgi rekord 2018 yilda 71 yoshida Urugvay terma jamoasini boshqargan Oskar Tabaresga tegishli edi.
Yana bir e’tiborli jihat, Kanada tarixda o‘z hududidan tashqarida Jahon chempionati uchrashuvini o‘tkazgan ilk mezbon mamlakatga aylandi.
Live
Barchasi