Zelenskiy Turkiyaga bordi (video)

Olam

image

Bugun, 18 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga bordi. Bu haqda Prezident o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu tashrifdan asosiy maqsad – ko‘proq ukrainalik askarlarni uyiga qaytarish, oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal etishdan iborat.

“Xalqimiz vataniga qaytishi uchun barcha harakatlar davom etadi”, deya yozgan Zelenskiy o‘z sahifasida.

Shuningdek, Prezidentning turmush o‘rtog‘i Yelena Zelenskaya ham Turkiyaga davlat rahbari bilan birga tashrif buyurgan.

Qolaversa, Zelenskiy tashrif davomida Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk xotirasi eslanganini ham qo‘shimcha qilgan.

“Turkiyaga tashrif avvalida Turkiya tarixi va qadriyatlarining muhim qismi bo‘lib qolayotgan mamlakatning Birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk xotirasiga hurmat bajo keltirildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Zelenskiy Turkiyada bo‘lib turgan davrda Saudiya Arabistonida AQSH va Rossiya vakillarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yevropa yetakchilari ham Fransiya poytaxti Parijda favqulodda sammit o‘tkazib, Tramp ma’muriyatining Yevropa ishtirokisiz Moskva bilan muzokaralar olib borish rejalariga nisbatan nima qilish kerakligini muhokama qilgan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aniq qarorlar e’lon qilinmagan, biroq Yevropa Ittifoqi va NATO mudofaaga ko‘proq sarmoya kiritish va Kiyevga ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish zarurligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda qatnashmasligi va u yerda erishilgan nizolarni hal qilish bo‘yicha hech qanday kelishuvni tan olmasligi haqida gapirgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Saudiya Arabistonida Ukrainasiz o‘tadigan muzokaralarning hech qanday natijasini tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rossiya-Ukraina Vladimir Zelenskiy Elena Zelenskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing