Putin Zelenskiy bilan uchrashgan To‘qayevga sim qoqdi
Olam
−
26 Sentabr 2025 10301 1 daqiqa
Bugun, 26 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Bu suhbat Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan Rossiyaga borishi oldidan bo‘lib o‘tgan. Tomonlar savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikning ijobiy sur’atini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Qosim-Jomart To‘qayev, shuningdek, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar taassurotlarini o‘rtoqlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashgandi. Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Vladimir Zelenskiy Ukraina hududidagi vaziyat yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qilgan.
Live
Barchasi