Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Sport
−
07 dekabr 2025 4228 1 daqiqa
Yakuniga yetayotgan 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi. Ro‘yxatda 5 nafar mutaxassis nomi qayd etilgan. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan tarixida ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Temur Kapadze, Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan mavsumda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Kamoliddin Tojiyev. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan Osiyo U-17 kubogida g‘olib bo‘lgan Islombek Ismoilov, “Bunyodkor” jamoasining bosh murabbiyi Ilyos Zaytullayev va Samarqandning “Dinamo” jamoasi ustozi Vadim Abramovlar o‘rin egallagan.
Ushbu besh murabbiydan biri 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko O‘zbekiston Superligasida ortda qolgan mavsumning “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025