Yevropa Ittifoqi Qozog‘istonni “Yanvar voqealar”ini tergov qilishga chaqirdi

Olam

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Lyuksemburgda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Murat Nurtleu va uning ispaniyalik hamkasbi, YeI vakili Xose Manuel Albares Bueno raisligida Yevropa Ittifoqi – Qozog‘iston hamkorlik kengashining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiyaga sanksiya qo‘yilgan tovarlarning reeksport qilinishini to‘xtatish va Yevropa Ittifoqining jazo choralarini chetlab o‘tishga qarshi kurashish bo‘yicha keyingi harakatlar muhimligi ta’kidlangan. Vazirlar dezinformatsiya tahdidini ham muhokama qilgan.

“Yevropa Ittifoqi yana bir bor 2022 yil yanvar voqealari bo‘yicha to‘liq, shaffof va mustaqil tergov o‘tkazish muhimligini ta’kidladi”, deyilgan uchrashuvda YeI vakili.

Bundan tashqari, YeI Kengashi vakili davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligini ta’kidlab, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralagan hamda Qozog‘istonni xalqaro huquq va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlovchi prinsipial pozitsiyani saqlashga chaqirgan.

Qozog‘istonda namoyishlar tarixi

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgan. Biroq 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini ayblaydi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

6 yanvar kuni Rossiya, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston harbiylaridan iborat KXSHT tinchlikparvar kontingenti Qozog‘istonga kiradi. Xorijiy harbiylarga muhim ahamiyatga ega ob’ektlarni qo‘riqlash vazifasi topshiriladi. KXSHT kontingenti 17 yanvar kuni Qozog‘istonni tark etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklarda 4,5 mingdan ortiq odam jabrlangan, 225 kishining jasadi morglarga olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing