Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur uchrashuvlari yakunlandi
Sport
−
19 Sentabr 2025 3040 2 daqiqa
Kecha, 18 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kechagi kun doirasida 6 ta uchrashuv o‘tkazildi va 1-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
Quyida uchrashuvlar tafsilotlari bilan tanishing:
“Manchester Citi” 2-0 “Napoli”
“Manchester Citi” o‘z maydonida “Napoli”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Italiyaliklar sardori Di Lorenso 21-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Erling Xoland va Jeremi Dokuning gollari “shaharliklar”ga g‘alaba keltirdi. “ManSiti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
“Bayer Leverkuzen” 2-2 “Kopengagen”
Leverkuzenda esa dramatik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Bayer” va “Kopengagen” uchrashuvida 2:2 hisobida durang qayd etildi. Dastlab daniyaliklar hisobni ochdi va o‘yin yakunigacha g‘alabaga erishayotgan edi, biroq uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Hatzidiakosning avtogoli mezbonlarga muhim ochko keltirdi.
“Nyukasl Yunayted” 1-2 “Barselona”
Angliyada “Nyukasl Yunayted” “Barselona”ni qabul qildi. Kataloniyaliklar Rashfordning dubli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Nyukasl”ning javob goli Gordon tomonidan kiritildi. Mezbonlarda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo Katalon klubi yakunda g‘alabani saqlab qoldi.
“Ayntraxt Frankfurt” 5-1 “Galatasaroy”
Frankfurtda “Ayntraxt” o‘z tomoshabinlari ko‘z o‘ngida “Galatasaroy”ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Nemis klubi hujumkor o‘yini va yosh futbolchilarining faolligi bilan e’tiborni tortdi.
“Sporting” 4-1 “Qayrat”
“Sporting” Portugaliyada “Qayrat” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo‘limda biroz sust harakat qilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda portugaliyaliklar tezkor o‘yin bilan raqibni taslim etdi. Portugaliya klubi 4 daqiqada ichida 3 ta gol kiritishga erishdi.
“Bryugge” 4-1 “Monako”
Kunning eng kutilmagan natijalaridan biri Belgiyada qayd etildi. “Bryugge” o‘z maydonida “Monako”ni 4:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Belgiyaliklar ilk bo‘limdayoq uchta gol urib, ustunlikni mustahkamladi. Fransuzlar Ansu Fati orqali bitta javob goli urishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar Ligasi yakunlangan 1-tur uchrashuvlaridan so‘ng Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” jamoasi jadvalda peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinda amaldagi chempion PSJ jamoasi bormoqda. Har ikki klubda ham urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi +4 ni tashkil etmoqda va bu 1-turdan so‘ng eng yaxshi natija hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025