Yerga o‘xshash ekzosayyora kashf etildi

Olam

image

Xalqaro astronomlar guruhi HD 137010 b ekzosayyorasi kashf etilganini e’lon qildi. U Yerdan taxminan 146 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, o‘lchami jihatidan Yerga yaqin va o‘z yulduzi atrofida aylanish davri ham o‘xshash. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Sayyora NASA’ning Kepler kosmik teleskopi (K2 missiyasi) tomonidan 2017 yilda olingan ma’lumotlar asosida aniqlangan. Tahlillarga ko‘ra, sayyora Yerdan atigi 6 foizga kattaroq, undagi bir yil esa 355 kun davom etadi. Tadqiqotchilarning bahosiga ko‘ra, HD 137010 b “yashashga yaroqli zona”da joylashgan bo‘lish ehtimoli 50 foizni tashkil etadi, ya’ni bu hududda suv nazariy jihatdan suyuq holatda mavjud bo‘lishi mumkin.

Biroq orbital o‘xshashliklarga qaramay, u yerdagi iqlim Yerga nisbatan ancha og‘ir bo‘lishi mumkin. Ushbu tizimdagi asosiy yulduz Quyoshga o‘xshash, biroq u sovuqroq va xiraroq.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, sayyora yuzasidagi harorat ehtimol Marsdagiga yaqin bo‘lib, -70 darajadan ham pastga tushishi mumkin.

Swinbern texnologiya universiteti doktori Sara Uebbning fikricha, sayyorada suv ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo uning katta qismi muz holatida qotib qolgan.

Janubiy Kvinslend universiteti doktori Chelsi Xuang esa topilmaning asosiy ahamiyati yulduzning yaqinligi va yorqinligida ekanini ta’kidlaydi: u Yerdan taxminan 150 yorug‘lik yili masofada joylashgan. Taqqoslash uchun aytganda, ilgari ma’lum bo‘lgan eng yaqin Kepler-186f ekzosayyorasi to‘rt baravar uzoqda joylashgan va deyarli 20 baravar xira. Bu esa kelajakda ushbu sayyorani batafsil o‘rganish imkonini beradi: yulduzning yaqinligi va yorqinligi tufayli keyingi avlod teleskoplari uning atmosferasi va sirtidagi sharoitlarni tadqiq qila oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Er NASA ekzosayyora kashf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing