Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

YeI Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqaradi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 2000 dan ortiq rossiyalikka qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi. Dastlab, Vengriya sakkiz kishini, jumladan, tadbirkorlar Mixail Fridman va Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilgan edi. Biroq Vengriya o‘z himoyasidagi uch kishini ro‘yxatdan chiqarishga erishgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

YeI diplomatik doiralaridagi manbalarga ko‘ra, quyidagi shaxslar sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishi kutilmoqda:

Vyacheslav Moshe Kantor – tadbirkor, Yevropa Yahudiy Kongressining sobiq rahbari. 2022 yil 8 apreldan buyon YeI sanksiyalari ostida bo‘lib, “Vladimir Putin bilan yaqin aloqalarga ega rossiyalik oligarx” sifatida tilga olingan.

Gulbahor Ismoilova – Alisher Usmonovning singlisi bo‘lib, uning xorijdagi ba’zi aktivlariga egalik qilishi taxmin qilinadi. 2022 yil 8 aprelda YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mixail Degtyaryov – Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri. Unga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2014 yil 25 iyulda joriy qilingan. O‘sha paytda u Davlat Dumasi deputati bo‘lib, DNRni ochiq qo‘llab-quvvatlagan va Moskvada uning elchixonasi ochilganini e’lon qilgan.

Bu va boshqa shaxslarga qarshi sanksiyalar Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushiga javoban joriy qilingan edi. Rasmiy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, 2022 yil sentyabr oiyda Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning boshqa bir singlisi Saodat Narziyevani sanksiyalar ro‘yxatidan chiqargan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rasmiy Budapesht sakkiz nafar rossiyalik Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilmasa, Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini uzaytirishga veto qo‘yishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Vengriyaning ushbu ro‘yxatida Alisher Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilova ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Evropa Ittifoqi sanktsiya Gulbahor Ismoilova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing