Yangi tashkil etilgan agentlikka direktor tayinlandi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2025 8119 1 daqiqa
Azimjon Nozimjonovich Husanov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorga imzo chekdi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinishi aytilgandi. Prezidentning 23 oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-sonli farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025