Yana bir davlat Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
Olam
−
13 dekabr 2020 6726 1 daqiqa
Isroil va Butan Qirolligi munosabatlarni me’yorlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlik ikki mamlakat o‘rtasida keng ko‘lamli diplomatik aloqalar to‘g‘risida bitim imzolanganini e’lon qildi.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Twitter'dagi o‘z sahifasida davlatlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishini mamnuniyat bilan sharafladi.
"Bitim – tinchlik shartnomalarining yana bir mevasi", deya ta’kidladi u.
Bosh vazirga ko‘ra, Isroil tomoni rasmiy Quddus bilan yaqin bo‘lishni istagan boshqa davlatlar bilan ham mustahkam aloqa o‘rnatishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezdenti Donald Tramp Marokash va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilganini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr