Vozinya Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Sport

image

AQSHning “Inter Mayami” klubi Kabo-Verde milliy terma jamoasi darvozaboni Vozinyani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Ispaniyaning “Marca” nashri xabar berdi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 40 yoshli posbonning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishonchli o‘yini “Inter Mayami” rahbariyatida katta taassurot qoldirgan. Shu bois klub erkin agent maqomidagi tajribali darvozabon bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Vozinya argentinalik yulduz Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p suradi.

Vozinya Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Shavish” klubini tark etgach, erkin agentga aylangan. “Transfermarkt” portali uning transfer qiymatini 50 ming yevro deb baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Kabo-Verde terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida qatnashib, 1/16 finalga qadar yetib bordi. Jamoa ushbu bosqichda amaldagi jahon chempioni Argentinaga qo‘shimcha vaqtlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Guruh bosqichida Kabo-Verde Ispaniya (0:0), Urugvay (2:2) va Saudiya Arabistoni (0:0) bilan durang o‘ynab, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing