Vitse-prezident davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Olam

image

Janubiy Sudanning vitse-prezidenti Riyek Machar joriy yilning mart oyida mahalliy politsiya tomonidan federal kuchlarga qarshi uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etganlik, qotillik va davlatga xiyonatda ayblanmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Machar Sudanning shimoliy-sharqidagi Nasiriya shahridagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujumlar bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib, lavozimidan chetlatilgan va uy qamog‘iga olingan.

“Mamlakat neft vaziri Puot Kan Chxol ham sobiq vitse-prezidentga yordam berganlikda ayblanmoqda va u ham lavozimidan chetlatilishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Xalqaro kuchlar Macharni ozod qilishga chaqirib, uning hibsga olinishi mamlakatni yana fuqarolar urushiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Biroq Sudan Adliya vaziri Jozef Geng bu ish allaqachon sudga yuborilganini aytgan.

“Janubiy Sudan Respublikasi hukumati xalqaro hamkorlar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining bu ish bo‘yicha ishtirokini qadrlasada, bu masala endi sudda. Bu ish bo‘yicha Machardan tashqari yana 20 kishiga ayblov e’lon qilingan. Ulardan 13 nafari hali ham ozodlikda”, degan Geng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina Prezidenti Xaver Miley Libra nomli memkoin kriptovalyutasining sudxo‘rlik loyihasi bilan aloqadorlikda ayblangan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Sudan xiyonat Vitse-prezident Riek Machar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing