Vinisius Roberto Karlosni ortda qoldirdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchilari Vinisius Junior va Rodrigo Goyes Yevropa Chempionlar ligasidagi (YeCHL) gollari bo‘yicha klubning eng yaxshi braziliyalik futbolchilariga aylandi. Bu haqda “CBC Sports” xabar berdi.

Vinisius va Rodrigo YeCHL guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan “Braga” bilan o‘yinda (3:0) gol urishdi. Shu tariqa, ikkala futbolchi ham turnirdagi gollari sonini 17 taga yetkazib oldi. Ular bu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy Roberto Karlosdan o‘zib ketdi. Karlos “qaymoqranglilar” safida YeCHLda jami 16 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Rodrigo esa 2019 yildan beri Madrid klubida to‘p tepadi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Rodrigo Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing