Velosport: Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ayollar tengsiz bo‘ldi
Sport
−
10 iyun 2023 3464 1 daqiqa
Tailandda bo‘lib o‘tayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ayollar ikkita oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan sportchilar 23 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida individual vaqt poygasi yo‘nalishida 2 ta birinchi va 1 ta uchinchi o‘rinni egalladi.
Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini beruvchi mazkur musobaqada Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yevgeniya Golotina uchinchi o‘rin bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr