Vaziyat jiddiy. Venesuelada keng ko‘lamli safarbarlik e’lon qilindi
Olam
−
12 noyabr 10000 1 daqiqa
Venesuela AQSH dengiz floti va qo‘shinlarining Karib dengizida kuchayib borayotgan harbiy faolligiga javoban harbiy xizmatchilar, qurol-yarog‘ va texnikaning “keng ko‘lamli safarbarligini” boshlamoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vizirligi xabar berdi.
Venesuela Mudofaa vaziri Padrino Lopesning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror AQSHning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng katta harbiy mavjudligiga javoban qabul qilingan bo‘lib, “tezkor harbiy mashg‘ulotlar” boshlanmoqda.
Uning aytishicha, 200 ming harbiyni o‘z ichiga olgan safarbarlik mamlakat duch kelayotgan tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda va bu yangi mashg‘ulotlarning bir qismi. Mashg‘ulotlarda muntazam harbiy bo‘linmalar bilan bir qatorda sobiq prezident Ugo Chaves tomonidan tuzilgan, fuqarolardan tashkil topgan Bolivarian xalq militsiyasi zaxira kuchlari ham ishtirok etadi.
AQSH esa o‘zining mintaqadagi harbiy faolligini giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash doirasida oqlab kelmoqda. So‘nggi haftalarda AQSH kuchlari bir necha “giyohvand moddalar tashuvchi kemalar”ga zarba berganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH dengiz floti tarkibidagi USS Gerald R. Ford aviatsiya tashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhi Janubiy qo‘mondonlik (Karib dengizi, Markaziy va Janubiy Amerika uchun mas’ul) hududiga yetib borgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr