Vashington Yaqin Sharqda havo nazoratini kuchaytirmoqda

Olam

image

AQSH so‘nggi kunlarda Saudiya Arabistonidagi “Shahzoda Sulton” aviabazasiga jami 6 ta E-3C Sentry AWACS uzoq masofali radiolokatsion aniqlash va boshqaruv samolyotini joylashtirdi. Bu haqda “Flightradar24” aviatsiya resursi ma’lumotlari xabar bermoqda. 

Samolyotlarning so‘nggi juftligi kecha, 20 fevral kuni AQSHdan transatlantik parvozdan so‘ng Saudiya Arabistoniga yetib kelgan. 

Xitoyning “MizarVision” sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari provayderi aviabazadan suratlarni e’lon qilga. Unda barcha oltita samolyot aks etgan.

Boeing E-3C samolyoti esa havo orqali qo‘mondonlik va boshqaruv tizimining asosini tashkil etadi. U keng ko‘lamli havo operatsiyalarini boshqarish, qiruvchi samolyotlar, yonilg‘i quyuvchi tanker samolyotlari va razvedka platformalarining harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek yuzlab kilometr masofadagi dushman samolyotlari haqida erta ogohlantirish berish imkoniyatiga ega. 

“Itamilradar” portaliga ko‘ra, mintaqaga ko‘plab jangovar aviatsiya joylashtirilishi davom etar ekan, AQSH nafaqat zarba salohiyatini oshirmoqda, balki jangovar sharoitda to‘liq boshqaruv tizimini ham shakllantirmoqda. 

G‘arb OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab tahlilchilar AWACS samolyotlarining Yaqin Sharqqa kelishini AQSHning Eronga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyoti uchun zarur bo‘lgan so‘nggi tizimlardan biri sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning qaysi ob’ektlariga hujum qilish yoki nimalarni nishonga olishni qaror qilmagani, ammo rejalar haftaning oxirida amalga oshirilishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni “Shahzoda Sulton”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing