Vetnamlik ikki ayol voleybolchi erkak bo‘lib chiqdi
Sport
−
14 avgust 2025 13613 1 daqiqa
22 avgustdan 7 sentyabrgacha Tailandda bo‘lib o‘tayotgan voleybol bo‘yicha Jahon chempionati davomida Vetnam ayollar voleybol terma jamoasining ikki asosiy o‘yinchisi jinsiy tekshiruvdan o‘tolmagani, ya’ni biologik jihatdan erkak ekanligi aniqlanganligi bois musobaqadan chetlatildi. Bu haqda “Telecom Asia Sport” xabar berdi.
Ushbu tekshiruv raqib jamoalar so‘rovi asosida o‘tkazilgan bo‘lib, natijada mazkur ikki sportchining ayollar musobaqalarida ishtirok etish huquqiga ega emasligi aniqlangan.
Natijada ularning ishtirokidagi barcha uchrashuvlar rasmiy hisobdan olib tashlangan va Vetnam jamoasiga texnik mag‘lubiyatlar yozilgan. Bu holat jamoaning turnirdagi umumiy natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vetnam voleybol federatsiyasi esa mazkur qarordan keskin norozi bo‘ldi va rasmiy apellyatsiya berdi. Tashkilot vakillari tekshiruv jarayonida xolislik bo‘lmaganini va sportchilar huquqlari buzilganini ta’kidlamoqda. Hozirda masala xalqaro sport arbitrajida ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, roppa rosa bir yil oldin Sitora Turdibekova Olimpiya o‘yinlarida Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tinga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchragandi. Tayvanlik sportchi ham oldin testosteron va jinsga oid testlardan o‘ta olmagan.
Jahongir Boltaboyev