O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi
Jamiyat
−
05 avgust 2022 41971 1 daqiqa
Joriy yilning 6-8 avgust kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli ayrim hududlarga sel kelishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yomg‘ir yog‘ishi sababli Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida:
• Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi