Tezkor ogohlantirish! 9 ta viloyatga sel kelishi mumkin
Bu qiziq
−
05 iyun 7458 2 daqiqa
O‘zbekistonning bir qator tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” tezkor gidrometeorologik axborotida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6-8 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sinoptiklar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan. Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planib, past joylarni suv bosishi mumkinligi haqida ham ogohlantirildi.
Fuqarolarga zaruratsiz ravishda sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlarga bormaslik, tog‘li yo‘llarda harakatlanishda ehtiyotkorlik choralariga qat’iy amal qilish tavsiya etilgan.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun