O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6-8 avgust kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli ayrim hududlarga sel kelishi xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yomg‘ir yog‘ishi sababli Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida:

•  Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

•  Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

sel-suv toshqini

Baholaganlar

1781

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing