“O‘zbekneftgaz” rahbari yana bir tashkilot raisiga aylandi
Sport
−
10 may 2024 11767 1 daqiqa
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 8 may kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida Bahodir Sidiqov federatsiyaga yangi rahbar etib saylangan.
Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023 yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.
Hisobot-saylov konferensiyasida Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ma’qullandi. Abdullayev 2020 yil yanvaridan 2023 yil martigacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasini ham boshqargan, shundan so‘ng Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025