“O‘zbekneftgaz” rahbari yana bir tashkilot raisiga aylandi
Sport
−
10 may
10397“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 8 may kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida Bahodir Sidiqov federatsiyaga yangi rahbar etib saylangan.
Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023 yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.
Hisobot-saylov konferensiyasida Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ma’qullandi. Abdullayev 2020 yil yanvaridan 2023 yil martigacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasini ham boshqargan, shundan so‘ng Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.