O‘zbekistonda yarim yil ichida narkotikka aloqador 4 mingdan ortiq kishi ushlandi
3-sahifa
−
03 iyul 2138 2 daqiqa
Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 4195 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlardan 1 tonna 882 kilogramm giyohvandlik vositalari va 894 ming 255 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan.
15 yanvar-15 fevral kunlari Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” profilaktik oyligi o‘tkazilgan. 50 mingdan ziyod o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarga 2 milliondan ortiq fuqaro jalb etilib, 838 ming donadan ortiq maxsus buklet va flayerlar tarqatilgan.
Shuningdek, 165 ming 998 nafar o‘quvchi va talaba bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazilib, giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari tushuntirilgan.
Tadbir davomida 801 ta giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holat aniqlanib, 567 ta jinoyat ishlari quzg‘atilgan, 158 ta ma’muriy tartibda choralar ko‘rilgan.
Noqonuniy muomaladan 21,8 kilogramm giyohvandlik vositalari, 28,8 ming dona va 26 kilogramm miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan.
Qolaversa, giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan shug‘ullanuvchi internet narkodo‘konlarning reklamasi aks etgan 1 323 ta “narkograffiti”lar aniqlanib, o‘chirilgan va ularni chizgan 6 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
Ichki ishlar organlariga olib kelingan shaxslardan 266 nafari majburiy, 235 nafari ixtiyoriy davolanishga yotqizilgan.
Internet ijtimoiy tarmog‘i orqali narkotiklarning savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash hamda faoliyatiga chek qo‘yish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari jadallashtirilib, 75 ta “zakladkachilar” bilan bog‘liq holatda 99 kilogramm 627 gramm giyohvandlik vositalari olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Telegram orqali giyohvandlik vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan 5 fuqaro qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr