O‘zbekistonda 50 yillik avtomobillarni haydash taqiqlanishi mumkin
Jamiyat
−
03 Oktabr 2025 5865 1 daqiqa
2026 yilning 1 yanvaridan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida so‘z boradi.
Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, 1976 yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va davlat ro‘yxatidan chiqariladi. Mazkur taqiq “antikvar” toifasiga kiruvchi mashinalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, bolalar va yoshlar orasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib etish maqsadida “Yashil chiroq” nomli uch bosqichli musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.
Tanlov g‘oliblari “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida ham eski avtomobillarni haydash taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi