O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘ynashga tayyor – Usmon Toshev

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining milliy terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Usmon Toshev O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sport24” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynashga tayyormiz va bu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz. Hozircha bizda faqat bitta o‘rtoqlik o‘yini bor – oktyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi. Shuning uchun Rossiya bilan o‘yin o‘tkazish imkoniyatiga ochiqmiz”, deydi Toshev.

Uning aytishicha, O‘zbekiston uchun mazkur bahsni sentyabr-oktyabr oylarida yoki noyabr oyida o‘tkazish qulay hisoblanadi. Terma jamoa Moskvada mehmon sifatida maydonga tushishga ham, raqibni Toshkentda qabul qilishga ham tayyor.

Ma’lumot uchun, ayni damda O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 60-o‘rinni egallab turibdi. 2022 yildan buyon rasmiy musobaqalardan chetlashtirilgan Rossiya esa 35-pog‘onadan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing