O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi
Olam
−
13 yanvar 2022 7255 1 daqiqa
Avvalroq, Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini kelishuvsiz 60 foizga qisqartirganini da’vo qilgan edi.
O‘zbekiston tomoni bu holatni “texnik muammolar” bilan izohlab, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida texnik xususiyatdagi muammolar aniqlangani tufayli eksport hajmi kamayganini aytgandi.
Bugun, 13 yanvar kuni ertalab DABS O‘zbekiston elektr energiyasini zarur hajmda yetkazib berishni qayta tiklaganini xabar qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini Markaziy Osiyo davlatlaridan, xususan, O‘zbekiston va Tojikistondan sotib oladi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust