“O‘shanda men 80 yoshga to‘laman”. Mourino “Siti” ishi qachon yakunlanishi haqida hazil qildi

Sport

−

image

Portugaliyalik taniqli murabbiy Joze Mourino “Manchester Siti”ning moliyaviy qoidabuzarliklari bilan bog‘liq ishi tez orada yakunlanishiga shubha bildirdi. Bu haqda Mourino “Corriere dello Sport” nashriga bergan intervyusida gapirdi.

Mourino cho‘zilib ketayotgan huquqiy jarayonlarga hazil bilan munosabatda bo‘lib, yakuniy qaror chiqarilishini kutish uchun uzoq umr ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

“Avval sud qarori bo‘ladi, keyin apellyatsiya... O‘sha paytga kelib men 80 yoshga to‘laman!” deya hazil qildi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 2017-2018 yilgi mavsumda Mourino boshchiligidagi “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasida “Manchester Siti”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. O‘shandan beri portugaliyalik murabbiy “Siti” chempionlik unvonidan mahrum qilingan taqdirda, “Manchester Yunayted”ning o‘sha mavsumdagi natijasiga ta’sir qilishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov to‘p surayotgan “Manchester Siti” klubi Premer-ligadan chetlatilishi va Chempionshipga ham qabul qilinmasligi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing