Uruş maydonlarida halok bölgan jurnalistlar soni köpaydi – UNESCO

Olam

−

image

Sönggi 20 yil davomida dunyo böylab 1641 nafar jurnalist halok bölgan. Bu har tört kunda örtaça bir nafar jurnalist hayotdan köz yumganini anglatadi. Bu haqda UNESCO’ning yangi hisobotida ma’lum qilindi.

Taşkilot ma’lumotlariga köra, 2006 yildan buyon jurnalistlar ölimi muntazam kuzatib kelinmoqda. Qayd etilgan 1641 ta ölim holatining asosiy qismi qurolli mojarolar bilan boğliq.

Xususan, 2024-2025 yillarda dunyo böylab 189 nafar jurnalist halok bölgan. Ularning 127 nafari, ya’ni umumiy körsatkiçning 67 foizi qurolli töqnaşuvlar hududida öldirilgan. Bu 2022–2023 yillardagi körsatkiçdan 24 foizga yuqori.

Hisobotga köra, jurnalistlar ölimining katta qismi uçuvçisiz uçiş apparatlari (dronlar) zarbalari oqibatida sodir bölgan. Jumladan, 2024–2025 yillarda jurnalistlar ölimi bilan boğliq holatlarning 40 foizi dronlar qöllanilişi hissasiga töğri kelgan. Kamida oltita mamlakatda 50 nafardan ortiq jurnalist aynan şu sabab tufayli halok bölgan.

Şu bilan birga, qurolli mojarolar kuzatilmagan mamlakatlarda ham jurnalistlarga nisbatan zöravonlik holatlari qayd etilgan. Biroq sönggi ikki yilda bunday davlatlarda OAV vakillarining öldirilişi bilan boğliq holatlar soni sönggi 18 yildagi eng past darajaga tuşgan. Bu davrda 62 nafar jurnalist öldirilgan.

UNESCO, şuningdek, halok bölgan ayol jurnalistlar soni kamayganini qayd etgan. Biroq 25–29 yoşdagi  OAB xodimlari orasida ölim holatlari köpaygan.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing