Umraga borgan o‘zbekistonlik og‘ir kasallikka chalindi
Olam
−
02 mart
48300Saudiya Arabistonining Makka shahrida insult kasalligini boshidan o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarosi Bosh konsulxona tomonidan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga borgan B.M. ismli fuqaro insultga chalingani sababli King Abdulaziz Hospital shifoxonasiga davolash maqsadida yotqizilgan. Shundan so‘ng, qilingan murojaat asosida bemorning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq barcha hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, bemor joriy yilning 27 fevral kuni O‘zbekistonga qaytib kelgan va u davolanishni ayni paytda Toshkent shahrida davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga boradiganlardan endilikda meningitga qarshi emlanish talab etilmasligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



