Ukraina NATOga a’zo bo‘lmaydi – Orban

Olam

image

Ukraina Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) a’zosi bo‘lmaydi, u alyans va Rossiya o‘rtasidagi bufer zona bo‘lib qoladi va bu AQSHda respublikachi Donald Tramp hokimiyatga qaytganidan keyin ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban milliy parlamentning bahorgi sessiyasi ochilishida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, Ukrainaning kelajagi Vengriya uchun juda muhim sanaladi.

“AQSHdagi saylovlardan so‘ng, Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasligiga qaror qilindi. Ukraina va undan qolgan hududning taqdiri qanday bo‘lishi Vengriya xavfsizligi uchun muhim. Bu masala o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralari orqali hal qilinadi”, degan Bosh vazir.

Shuningdek, u tinchlik shartnomasi Vengriya va NATOga a’zo davlatlar xavfsizligini kafolatlashi va yana bufer hududga aylanadigan Ukraina maqomi ham shunga yarasha hal etilishi kerakligini ta’kidlagan.

“Buni birinchi navbatda, yevropaliklar ham hal qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan hukumat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi faqat Yevropaga tegishli masala sanaladi. U parlamentda Ukraina vengerlar qarorisiz Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘la olmasligini aytgan.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, agar Ukraina bugun YeIga qabul qilinsa, u vengriya fermerlarini yoki hatto butun milliy iqtisodiyotni yo‘q qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban NZZ gazetasiga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kerakligini, aks holda Ukraina Yevropa Ittifoqi uchun Afg‘onistonga aylanishini aytgandi. Orbanning aytishicha, bugungi kunda Ukraina davlatiga faqat sulh va tinchlik bitimigina yordam bera oladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Evropa Ittifoqi Rossiya-Ukraina Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing