Muzokaralarsiz Ukraina Afg‘onistonga aylanadi – Orban 

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kerak, aks holda Ukraina Yevropa Ittifoqi uchun Afg‘onistonga aylanadi. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban NZZ gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning fikricha, ayni damda mamlakatlar orasida diplomatiya zarur. 

“Bizga hozir diplomatiya kerak. Yevropaliklar muzokaralar olib bormaslikni axloqiy deb hisoblaydi. Bu bema’nilik! Buni urush paytida qilish kerak! Aks holda, urush Ukraina butunlay vayron bo‘lguncha davom etadi va u Afg‘onistonga aylanadi”, degan Bosh vazir. 

Orbanning aytishicha, bugungi kunda Ukraina davlatiga faqat sulh va tinchlik bitimigina yordam bera oladi. 

“Total urush boshlamagunimizcha Ukrainaning g‘alaba qozonishi mumkin emasligi boshidan ma’lum edi. Bu variant ko‘rib chiqilmadi. Bugun biz Ukrainaga faqat sulh va tinchlik bilan yordam bera olamiz”, degan Orban. 

U, shuningdek, AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden Rossiya armiyasini zaiflashtira olmagani va hammasi uning aybi ekanini qo‘shimncha qilgan. 

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb endi AQSH Prezidenti Donald Tramp kabi “kuchli siyosatchi”ning aralashuviga muhtoj. 

“Aynan u “Gordian tugunini” kesish va Rossiya va Ukraina o‘rtasida sulh tuzishga yordam berishga qodir”, deya qo‘shimcha qilgan Vengriya hukumati rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga veto qo‘ysa, buning oqibatlari bilan tahdid qilgandi. Donald Tuskning yozishicha, agar Vengriya Bosh vaziri Yevropa sanksiyalarini to‘sib qo‘ysa, Putin tomonga o‘ynayotgan bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing