Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveysariyaga yo‘l oldi

Olam

image
AQSH vitse-prezidenti Eron bilan muzokaralar uchun safarini bekor qildi north_east

AQSH vitse-prezidenti Eron bilan muzokaralar uchun safarini bekor qildi

AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Shveysariyaga uchib ketdi. Bu haqda “Axios” nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi bosqichi aynan Shveysariyada o‘tkazilishi kutilmoqda. Bunda ikki davlat delegatsiyalari yadroviy kelishuv va mintaqaviy barqarorlik masalalarini muhokama qiladi.

“Axios” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH tomonidan yana bir rasmiy – Prezident Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ham Shveysariyada ekani aytilmoqda.

Shu bilan birga, muzokaralarda Katar Bosh vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Toniy ham vositachi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi ham Shveysariyaga yetib kelishi mumkinligi bildirilgan.

Dastlab uchrashuv 19 iyun kuniga belgilangan bo‘lsa-da, keyinchalik muzokaralar boshlanishi kechiktirilgan. Manbalarga ko‘ra, bu holat mintaqada, jumladan Livan janubidagi vaziyat keskinlashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

AQSH Prezidenti Donald Tramp esa muzokaralar kechiktirilishi yuzasidan Eronni tanqid qilib, “60 kunlik jarayon” doirasida keskin shartlar qo‘yilganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing