AQSH vitse-prezidenti Eron bilan muzokaralar uchun safarini bekor qildi
Olam
−
19 iyun 3486 2 daqiqa
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Eron bilan tinchlik kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash maqsadida Shveysariyaga rejalashtirilgan safarini bekor qildi. Bu haqda Oq uy vakili ma’lum qildi.
Avvalroq, Vashington va Tehron o‘rtasida urushni tugatishga qaratilgan “Islomobod memorandumi” deb nomlangan 14 banddan iborat kelishuv imzolangan edi. AQSH rasmiylari kelishuvni rasman tasdiqlash marosimi Jeneva shahrida o‘tkazilishini bildirgandi. Biroq Eron Tashqi ishlar vazirligi ikki davlat prezidenti hujjatni allaqachon imzolaganini ta’kidlab, qo‘shimcha marosim zarur emasligini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Shveysariya hukumati Vensning Jenevaga safarini bekor qilganidan keyin AQSH va Eron o‘rtasida Yaqin Sharqdagi mojaroga barham berish bo‘yicha rejalashtirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qilgan. Biroq bu qaror sabablariga izoh bermagan.
Ma’lumot uchun, muzokaralar bugun 19 iyun kuni Shveysariyaning Byurgenshtok kurortida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Eron kelishuv doirasidagi sulh muddati yana kamida 60 kunga uzaytirilganidan keyin texnik muzokaralarni boshlashga tayyor ekanini bildirgan edi. Biroq “Tasnim” agentligiga ko‘ra, Tehron navbatdagi muzokaralar boshlanishidan oldin AQSH tomonidan kelishuvning amaliy ijrosiga doir aniq qadamlarni ko‘rishni istamoqda.
Shuningdek, Eron delegatsiyasining Jenevaga borishi hali rasman tasdiqlanmagani ham qayd etilgan.
Oq uy bayonotiga ko‘ra, Vens va AQSH delegatsiyasi muzokaralar rejasining to‘liq kelishib olinishi bilan safarga chiqishga tayyor bo‘lgan. Biroq muzokaralarni tashkil etish jarayoni murakkab va doim ham oldindan aniq bo‘lmasligi ta’kidlangan.
Eron hukumati hozircha mazkur qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Tahlilchilarga ko‘ra, marosim va muzokaralar atrofidagi diplomatik kelishmovchiliklar mintaqadagi mojaroga uzoq muddatli yechim topish masalasi hanuz noaniqligicha qolayotganini ko‘rsatmoqda. Urush oqibatida kamida 7 ming kishi halok bo‘lgan, energetika bozorlarida narxlar keskin oshgan va jahon moliya bozorlarida beqarorlik yuzaga kelgan.

Live
Barchasi