Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron viza joriy etishi mumkin

Olam

image

Joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi doirasida Turkiya Ichki ishlar vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar uchun elektron viza joriy etish masalasi muhokama qilingan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda Turkiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mehmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa, ichki ishlar sohasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlagan.

Uchrashuv davomida Turkiya tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda, mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qilgan.
 
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 6 ta davlat – Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini rasman joriy qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya elektron viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing