To‘rabek Habibullayev ikki karra Olimpiada chempioniga yutqazib qo‘ydi
Sport
−
03 avgust 2024 11056 1 daqiqa
Fransiya mezbonlik qilayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik To‘rabek Habibullayev kubalik 2 karra Olimpiya chempioni Arlen Lopesga qarshi jang olib bordi va mag‘lubiyatga uchradi. Shu bilan u yarim final yo‘llanmasini qo‘ldan chiqardi va Olimpiadani tark etdi.
Biroz oldin Hasanboy Do‘smatov yarim finalga yo‘llanma olgandi.
Shuningdek, Olimpiada o‘yinlarining +92 kg vaznda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi chorak final bahslarida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi kurashib, u ham yarim finalga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Alisher Yusupov 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Saito Tatsuroni ippon bahosi bilan yengib, bronza medaliga ega chiqqani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025