To‘rabek Habibullayev ikki karra Olimpiada chempioniga yutqazib qo‘ydi

Sport

image

Fransiya mezbonlik qilayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik To‘rabek Habibullayev kubalik 2 karra Olimpiya chempioni Arlen Lopesga qarshi jang olib bordi va mag‘lubiyatga uchradi. Shu bilan u yarim final yo‘llanmasini qo‘ldan chiqardi va Olimpiadani tark etdi. 

Biroz oldin Hasanboy Do‘smatov yarim finalga yo‘llanma olgandi.  

Shuningdek, Olimpiada o‘yinlarining +92 kg vaznda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi chorak final bahslarida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Juniorga qarshi kurashib, u ham yarim finalga chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Alisher Yusupov 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Saito Tatsuroni ippon bahosi bilan yengib, bronza medaliga ega chiqqani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks To'rabek Habibullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing