To‘qayev parlament saylovlarida ovoz berdi (foto+video)
Olam
−
19 mart 2023 5060 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev parlament quyi palatasi (Majilis) va maslihatlar (hokimiyatning mahalliy vakillik organlari) deputatlari saylovida ovoz berdi. Bu haqda mamlakat rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.
“Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisi va mahalliy maslihatlarga saylovda ovoz berishda ishtirok etdi”, deyiladi xabarda.


Qayd etilishicha, davlat rahbari Ostona shahridagi Al-Farobiy nomidagi O‘quvchilar saroyida joylashgan saylov uchastkasida ovoz bergan.


Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 mart kuni Qozog‘istonda parlamentning quyi palatasi (Majilis), shuningdek, mahalliy hokimiyat organlariga saylov bo‘lib o‘tmoqda.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust