FIFA prezidentligi saylovida kimlar iştirok etadi?
Sport
−
18:36 132 4 daqiqa
Bugun, 18 noyabr kuni Xalqaro futbol federatsiyasining 2027 yil 18 mart kuni Marokaşning Rabot şahrida bölib ötadigan FIFA prezidentlik sayloviga nomzodlarni röyxatdan ötkaziş uçun arizalar qabul qilişning sönggi kuni. Hozirga qadar 4 kişi FIFA prezidentligi uçun kuraşiş niyatini bildirgan.
FIFA 77-Kongressi 2027 yil 18 mart kuni Marokaşning Rabot şahrida bölib ötadi. Kongress doirasida taşkilot prezidentligiga saylovlar ham ötkaziladi. Nomzodlarni röytini taqdi etiş saylovdan tört oy oldin yakunlanadi. Nomzodlar kamida beşta FIFA a’zo assotsiatsiyasining qöllab-quvvatlaşiga ega bölişi kerak. Şuningdek, ular sönggi 5 yilning kamida 2 yilida FIFA, konfederatsiyalardan biri yoki milliy futbol assotsiatsiyasida futbolçi yoxud rasmiy şaxs sifatida faoliyat yuritgan bölişi lozim.
Xoş hozirça nomi tilga olinayotgan 4 nafar nomzodlar kimlar?
Janni Infantino. FIFAning amaldagi prezidenti. FIFA’ning amaldagi rahbari Janni Infantino törtinçi muddatga öz nomzodini ilgari surmoqçi. U 2016 yilda taşkilot prezidenti etib saylangan va korrupsiya mojarosidan keyin iste’foga çiqqan Zepp Blatterning örnini egallagan. Keyinçalik, 2019 va 2023 yillarda raqobatsiz tarzda qayta saylangan.
Infantino navbatdagi saylovda ham asosiy da’vogar hisoblanadi. Joriy yilning iyul oyida “The Guardian” naşri FIFA a’zo assotsiatsiyalarining aksariyati uni qöllab-quvvatlaşini bildirgani haqida xabar bergan edi.
Biroq keyinçalik FIFA’ning Jahon çempionatini ötkaziş huquqining bir qismini sotiş rejalari atrofida mojaro yuzaga keldi. Taşkilot uşbu rejadan voz keçişga majbur böldi.
UEFA FIFA turnirlarini boykot qilişga çaqirgan bir paytda Infantino yuzaga kelgan vaziyat uçun uzr söradi. UEFA uning uzrini qabul qilmagan bölsa-da, bu bayonot Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) bilan munosabatlarni yumşatişga yordam berdi. Dastlab Infantinoni keskin tanqid qilgan OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa keyinçalik uni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Şimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbolini birlaştiruvçi KONKAKAFda esa Infantinoga munosabat turliça. Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) uning iste’fosini talab qilmagan, Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) esa FIFA prezidentini qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda.
Ramon Vega. Şveysariyalik sobiq futbolçi. Şveysariya terma jamoasining sobiq sardori Ramon Vega joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA prezidentligiga nomzodini qöyiş niyatini e’lon qildi.
U öz maqsadini “global futbol oilasini qayta birlaştiriş, haqiqiy va uzoq muddatli islohotlarni amalga oşiriş, FIFA’ni XXI asr talablariga mos ravişda modernizatsiya qiliş, taşkilot obrösini tiklaş hamda futbolga bölgan işonçni qaytariş” deb izohladi.
Vega 2015, 2019 va 2023 yillarda ham FIFA prezidentligi uçun kuraşgan, biroq zarur qöllab-quvvatlovga ega böla olmagan.
Filipp Diallo. Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti. Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo joriy yilning 16 noyabr kuni FIFA prezidentligiga nomzodini e’lon qildi. U UEFA Ijroiya qömitasi hamda FIFA Kengaşidagi Yevropa vakillari tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.
Diallo saylovda Infantinoning asosiy raqiblaridan biri bölişi kutilmoqda. UEFA tarkibiga 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi kiradi.
Kozo Tasima. Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti. Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti va FIFA Kengaşi a’zosi Kozo Tasima 2026 yil joriy yilning 5 noyabr kuni FIFA prezidentligiga nomzodini qöyiş niyatini ma’lum qildi.
U beşta milliy futbol federatsiyasining qöllab-quvvatlaşiga ega. Taşima Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolçisi bölib, mamlakat yoşlar terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan. U FIFA prezidentligi uçun kuraşayotgan ilk yaponiyalik nomzod hisoblanadi.
FIFA’ning 211 ta a’zo assotsiatsiyasining har biri, mamlakatining kattaligi yoki futboldagi yutuqlaridan qat’i nazar, saylovda bittadan ovozga ega böladi. Agar saylovda ikkitadan ortiq nomzod qatnaşsa, birinçi bosqiçda ğolib böliş uçun nomzod ovoz beriş huquqiga ega assotsiatsiyalarning kamida uçdan ikki qismi ovozini olişi kerak. Agar heç kim bu natijaga erişa olmasa, keyingi bosqiçlarda eng kam ovoz olgan nomzodlar navbatma-navbat kuraşni tark etadi. Jarayon ikki nomzod qolguniga qadar davom etadi.