To‘qayev arab davlatlari yetakchilarini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn va Quvayt davlatlari rahbarlariga samimiy qo‘llab-quvvatlash va mazkur davlat xalqlari bilan birdamligini bildirib, shaxsiy maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.

Qayd etliishicha, To‘qayev Qozog‘iston uchun do‘st va birodar davlatlarning suvereniteti va xavfsizligini zaiflashtirishga qaratilgan barcha harbiy harakatlarni qat’iyan qoralagan.

“Bizning mamlakatimiz murakkab xalqaro muammolar va qurolli mojarolarni faqat diplomatik vositalar orqali hal qilish tarafdori”, deyilgan Prezident xatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgandi.

Qayd etish joiz, bungacha Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli QatarQuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgan hamda Ummon sultonligini va Iordaniyani qo‘llab-quvvatlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va AQSHning Eronga zarbalari joriy yilning 28 fevral kuni ertalab boshlandi. Hujumlar davomida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilgan – uning jasadi Tehrondagi qarorgohi vayronalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur va Mudofaa vaziri Amir Nasirzoda ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Birlashgan Arab Amirliklari Qatar Quvayt Qosim-Jomart To'qaev Bahrayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing