Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Saidovga ko‘ra, u Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazgan va Yaqin Sharqdagi vaziyatni atroflicha muhokama qilgan.

“Birlashgan Arab Amirliklari bilan birdamligimizni bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy hamdardligini yetkazdik”, deydi Saidov.

Shuningdek, muloqot davomida davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilgan holda barcha masalalarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlangan.

Qayd etish joiz, kecha, 28 fevral kuni Eron hujumi oqibatida Dubayning “Palm-Jumayra” mehmonxonasi hududida yong‘in boshlangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Dubay shahri aeroportiga Eron dronlari hujumi oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Qatar va Quvayt xalqiga hamdardlik bildirgan hamda Ummon sultonligini qo‘llab-quvvatlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing