Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Tramp jamoasi Zelenskiy bilan maxfiy muzokaralar olib bordi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi bilan Oq uyda o‘zaro to‘qnash kelganidan so‘ng maxfiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqotlarda ishtirok etgan amerikalik rasmiylar orasida AQSHning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg ham bor.

CNN manbalariga ko‘ra, uchrashuvlarda Donald Tramp vakillari “Oq uy bilan munosabatlarni tezda barqarorlashtirish zarurligini” ta’kidlab, Ukrainani AQSH Prezidentining Kongressdagi chiqishidan oldin muzokaralarni davom ettirishga chaqirgan.

Tramp Ukraina bilan bitim shartlarini o‘zgartirishi mumkin – OAV north_east

Tramp Ukraina bilan bitim shartlarini o‘zgartirishi mumkin – OAV

“The Telegraph” gazetasining yozishicha, Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer AQSHning Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yish rejalari haqida bilgach, u Vladimir Zelenskiyni “ortga chekinishga va kechirim so‘rashga” ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy tez orada AQSHga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Oq uy maxfiy muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing