Makron va Starmer Zelenskiyni yana Trampning oldiga olib bormoqchi
Olam
−
05 mart 7176 1 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy tez orada AQSHga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fransiya hukumati vakili Sofi Prima brifingda ma’lum qildi.
“Makron Zelenskiy va Buyuk Britaniya Bosh vaziri bilan birga yana Vashingtonga yo‘l oladi”, degan u.
Shu bilan birga, Prima uchta siyosatchining AQSHga tashrifi qachon bo‘lishini ochiqlamagan.
Qayd etilishicha, tomonlar ayni damda Amerikaga tashrif buyurish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Avvalroq, Fransiya rahbari tez orada o‘z ijtimoiy tarmoqlarida bugungi kunning muhim masalalarini jamlagan bayonot bilan chiqishini e’lon qilgandi. Ba’zi bir OAVlarga ko‘ra, Makronning bayonoti doirasida ushbu tashrif haqida ma’lumotlar ochiqlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan birgalikda Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejasini ishlab chiqqandi va uning tafsilotlarini ochiqlagandi. Fransiya rahbarining fikricha, agar Rossiya va AQSH o‘rtasida kelishuvga erishilsa, Moskva birinchi navbatda Ukrainani sharmanda qilishga, xususan, uni qurolsizlantirishga harakat qiladi.
Live
Barchasi