Toshkentdagi ikkita bozor rekonstruksiya qilinadi

Olam

image

Toshkent shaharining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Bo‘z bozor” va “Navro‘z” dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A.A.Urmanov, prokuror o‘rinbosari U.T. Mamarajabov, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi B.G‘oyibnazarov va Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori O.M.Mannonov tomonidan “Navro‘z” dehqon bozori va “Bo‘z bozor” shoxobchasi faoliyati o‘rganilgan.  

Bozorlarni tubdan takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish masalalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan. 

“Mazkur bozorlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda. 

Shu bilan birga, bozor hududi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bozor hududida maxsus vaziyat markazi tashkil etilib, bozorning yagona markazi sifatida barcha iqtisodiy, moliyaviy va nazorat jarayonlarini muvofiqlashtiradi.

“Loyihalashtirish jarayonida bozorning butun arxitekturasi va ichki dizayni chuqur tahlil qilinib, eng ilg‘or xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv savdo sub’ektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bozor Navro'z Bo'z bozor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing