Toshkentdagi dahshatli avariyada 15 yoshli qizning oyoqlari uzilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 14 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mototsikl 15 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 23:00 larda Toshkent viloyatining Olmaliq shahri Amir Temur ko‘chasida haydovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro S.F. mototsikl boshqarib ketayotgan vaqtida yo‘lni piyodalar uchun belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa oqibatida piyoda turli xil tan jarohatlari olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda uning o‘ng oyog‘i va chap tovon suyagi uzilib ketgani ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

mototsikl avariya Olmaliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing